Los-anjeleslik rejissor Ben Plyuymer do‘stlaridan birining oilasida yashaydigan Laki laqabli to‘ti haqida ma’lumot berdi. Meduza’ning xabar berishicha, Laki iPhone’ga o‘rnatiladigan standart qo‘ng‘iroq ovozini ijro etishni o‘rganib olgan.
To‘ti smartfon musiqasini o‘zi xafa bo‘lgan vaqtda kuylaydi. Bu, odatda, uning egasi poyabzalining bog‘ichlarini bog‘lab, ko‘chaga chiqib ketmoqchi bo‘layotgan vaqtda kuzatiladi.
Izoh (0)