20-dekabr kuni ertalab Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroporti noqulay ob-havo sharoitlari tufayli yopildi, deb yozadi “Telegraf.uz”.
Havo bandargohi hududida kuchli tuman kuzatildi, ko‘rinish darajasi esa minimumdan past deb topildi.
Aeroport Istanbul, Minsk, Sankt-Peterburg, Tel-Aviv, Bishkek va Rimdan reyslarni qabul qila olmadi. Samolyotlar Samarqand va Navoiy aeroportlariga qo‘ndi. Zaxira aerodromlariga Parij va Londondan reyslar, shuningdek, Turkish Airlines aviakompaniyasi samolyoti qayta yo‘naltirildi.
Izoh (0)