19-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev Vashingtondagi poyezd halokati munosabati bilan Donald Trampga hamdardlik bildirdi. Yo‘lovchi poyezdi ko‘prikdan qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.
2. Qirg‘iziston rahbari topshirig‘iga binoan Kosonsoy suv ombori yaqinidagi Yoshlik mahallasi elektr energiyasi bilan ta’minlandi. Bu o‘zbek-qirg‘iz munosabatlariga doir kunning yagona e’tiborga molik xabar emas — Toshkentdan Issiqko‘l sohiliga yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
3. O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari olib kirish uchun imtiyoz va preferensiyalar bekor qilinadi. Imtiyozlar individual edi. Agar bu farmon qabul qilinsa, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari pasaymasa ham, o‘sishdan to‘xtashi kerak.
4. Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududida 1000 dan ziyod qadimiy aholi manzilgohlari topildi. Arxeologlar hududni o‘rganishda ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldosh hamda harbiy dronlardan foydalangan.
5. Enrike Iglesias “Istiqlol” san’at saroyida konsert beradi. Konsert Yangi yil bayrami arafasida bo‘ladi. Bungacha uning otasi Toshkentda konsert bergan.
Izoh (0)