Tashqi savdo vazirligida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi prezidenti Serdar Cham bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha turk tomoni bilan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, Turkiya iqtisodiy tizimlari va o‘quv yurtlarida yosh tadbirkorlar ish o‘rganishi va malakasini oshirishini tashkillash yuzasidan kelishib olindi.
Shuningdek, tomonlar Turkiyaning tegishli vazirliklari bilan hamkorlikda biznes-forumlar, seminarlar o‘tkazish, ikki tomon uchun ham qiziqish tug‘diradigan loyihalar amalga oshirilishiga texnik ko‘mak jalb etishni rejalashtirdi.
Izoh (0)