Bugun, 20-dekabr kuni Qirg‘iziston parlamentining spikeri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelayotgandi. Uning samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘nishi kerak edi, biroq quyuq tuman sabab Doston Jumabekov boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi “24.kg”.
Parlament delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Senat va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raislari Nig‘matilla Yo‘ldoshev hamda Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Delegatsiya “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” ekspozitsiyalariga tashrif buyuradi, bundan tashqari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yish marosimida ham ishtirok etadi.
Avvalroq, 20-dekabr kuni ertalab noqulay ob-havo sharoiti tufayli yopilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti odatiy tartibda ishlay boshlagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)