18-dekabr kuni davlat rahbarining “2018-yilda temir-tersak tayyorlash, qora metallar prokatini ishlab chiqarish va iste’mol qilish choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvaridan:
- joylarda davlat hokimiyati organlariga ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalariga temir-tersak va qora metall chiqindilarini tayyorlash bo‘yicha vazifalar berish taqiqlanadi;
- bankrotlik, likvidatsiya, rekonstruksiya yoki modernizatsiya chog‘ida hisobdan chiqarilgan jismonan yoki ma’nan eskirgan asbob-uskuna va metall konstruksiyalar “O‘zmetkombinat” AJga shartnoma asosida temir-tersak va metall qoldiqlari sifatida majburiy topshiriladi;
- “O‘zmetkombinat” AJ ishlab chiqargan qora metall prokati realizatsiyasi, shu jumladan, oldin to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida belgilangan narxlar bo‘yicha metalloprokat yetkazilishi nazarda tutilgan obyektlar uchun ham faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi;
- birja savdolarida birja hajmi ehtiyojdan ko‘p bo‘lgan taqdirda qora metall prokatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida eksport qilish imkoniyati taqdim etiladi.
Izoh (0)