Suriyada terrorizmga qarshi kurash IShID yo‘q qilinishi bilan yakun topmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Bashar Asad ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Birgina IShID bilan terrorizm cheklanib qolmaydi, u faqat terrorizmning bir qismi. ‘An-Nusra’ va boshqa nomdagi terrorchi tashkilotlar bor ekan, demak, biz hali urushdamiz. Suriyada terrorizmga qarshi kurash, qaysi guruhga mansubligidan qat’iy nazar, oxirgi terrorchi qolgunicha davom etadi. Shundagina g‘alaba haqida gapirish mumkin”, — dedi Suriya prezidenti.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)