Isroil hukumati terrorchilar uchun o‘lim jazosi joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tegishli qonun loyihasi 17-dekabr, yakshanba kuni hukmron koalitsiyaga kiruvchi 6 partiya yetakchilari tomonidan kelishib olindi. Loyiha deputatlar hukmiga qachon havola etilishi ma’lum qilinmadi.
Hozirda Isroilda o‘lim jazosi insoniyatga qarshi jinoyatlar va davlatga xiyonat moddalari bo‘yicha qo‘llanmoqda.
Oxirgi bor mamlakatda oliy jazo 1962-yilda amalga oshirilgan. O‘shanda fashist jinoyatchisi Adolf Eyxman qatl etilgandi.
Izoh (0)