Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Oktabr saroyining shturm qilinishi tinch namoyishni obro‘sizlantirishga qaratilgan provokatsiya bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Oktabr saroyi oldidagi hodisalar — puxta rejalashtirilgan provokatsiya. Uning maqsadi tinch namoyishni obro‘sizlantirish bo‘lgan. Binoni qo‘lga olishga chaqiriqlar niqob kiygan noma’lum shaxslar tomonidan yangradi”, — dedi Saakashvili.
17-dekabr kuni impichment uchun marsh va Kiyev markazidagi chiqishdan so‘ng Saakashvili Oktabr saroyida norozilik aksiyasini “muvofiqlashtiruvchi shtab” joylashtirilishini ma’lum qildi, biroq Milliy gvardiya siyosatchi va uning tarafdorlarini binoga qo‘ymadi.
Keyinchalik miting ishtirokchilari saroyni shturm bilan egallashga urindi, yuzaga kelgan to‘qnashuvlarda 60 nafar huquq-tartibot xodimi jabrlandi.
Izoh (0)