Kiyev ostonasidagi Obuxov trassasida elektropoyezd Chevrolet avtomobilini urib yubordi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Chevrolet haydovchisi qizil chiroq yonib turganiga qaramay, temiryo‘l kesishmasini kesib o‘tishga uringan, biroq poyezd kelguniga qadar ulgurmagan.
To‘qashuvdan so‘ng poyezd avtomobilni 200 metrgacha sudrab borgan. Haydovchi tirik qolgan, biroq og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)