Chili janubidagi Villa Santa-Lyusiya aholi punktida ko‘chki oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yangi ko‘chkilar xavfi tufayli qutqaruvchilar Villa Santa-Lyusiyadan bir necha o‘n oilani evakuatsiya qildi.
Rasmiylar bu yerni tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, ko‘chkilarga olib kelgan shiddatli yomg‘irlar Chili janubiga o‘tgan dam olish kunlari yopirildi.
Izoh (0)