Somali poytaxti Mogadisho shahridagi politsiya akademiyasiga xudkush terrorchining hujum qilishi oqibatida eng kamida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, xudkush terrorchi politsiya akademiyasiga kirib, portlovchi moslamani harakatga keltirgan.
Hozirga qadar mamlakat hududidagi hech bir terrorchilik guruhi bo‘lib o‘tgan hodisa javobgarligini o‘z zimmasiga olmagan.
Izoh (0)