2017-yili dunyoda turli ayblovlar bilan 262 nafar jurnalist jinoiy ta’qibga duch keldi. Bu haqda Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Bu jurnalistlarning hibsga olinishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. 87 foiz holatda jurnalistlar professional faoliyati, birinchi galda, siyosiy hodisalarni yoritgani uchun ta’qib qilingan.
Turkiya qatorasiga ikkinchi yil OAV xodimlari eng ko‘p ta’qib qilingan mamlakat bo‘ldi: bu yerda yil davomida 73 jurnalist qo‘lga olindi.
Ikkinchi o‘rinda Xitoy (41 jurnalist), uchinchi o‘rinda esa Misr (20 kishi) qayd etildi.
Izoh (0)