AQShning Florida shtatida yuk mashinasi va maktab avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 22 kishi shifoxonaga joylashtirilgan.
Baxtsiz hodisa 13-dekabr, chorshanba kuni Xaylends okrugida yuz berdi. Avtobus bolalarni olish uchun to‘xtaganida orqadan kelayotgan yuk mashinasi unga kelib urildi.
Ikki nafar maktab o‘quvchisi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Boshqa jabrlanuvchilarga shifokor ko‘rigidan so‘ng uyga ruxsat berilgan.
Izoh (0)