AQSh mudofaa vazirligi Yamanda “al-Qoida” terrorchi tashkilotining besh a’zosi yo‘q qilingani haqida bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi Yamanda aviazarbalar 20-noyabr kuni amalga oshirilganiga aniqlik kiritib o‘tdi.
Operatsiyadan ko‘zlangan maqsad “al-Qoida”ning Yamandagi yetakchisi, Muhammad Shukriy nomi bilan mashhur Mujohid al-Adaniyni yo‘q qilish edi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi va jangari o‘ldirildi.
Pentagonga ko‘ra, al-Adaniy Yaman va xalqaro koalitsiya kuchlariga qarshi terakt rejalashtirayotgan edi.
Izoh (0)