Albaniya va Kosovo ijtimoiy tarmoqlari, messenjerlarida Yangi yil va Rojdestvo bayramlarida teraktlar sodir etishga da’vatlar hamda ommaviy qirg‘inlar tahdidlari paydo bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Gazeta Express nashriga ko‘ra, Telegram’ning “Nashir axborot agentligi” nomli guruhida IShID nomidan bayramlarda teraktlar amalga oshirishga chaqiriqlar tarqatilmoqda. Noma’lum mualliflar ommaviy qotilliklarni tayyorlash uchun “hali yetarlicha vaqt borligi”ni ta’kidlamoqda.
Mazkur da’vatlarda 2018-yil “qonli yil”ga aylanishi bildirilgan. Shunday yoki shunga o‘xshash matnlar ijtimoiy tarmoqlardagi yopiq guruhlarda ham tarqatilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)