Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili 7-dekabr kuni o‘z ixtiyori bilan Ukraina huquq-tartibot organlariga tergov uchun boradi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Saakashvilining advokati Darina Chijning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi huquq-tartibot organlaridan yashirinmoqchi emas.
“U hozir Rada qoshidagi palatkada, men bilan birga”, — deydi advokat.
Izoh (0)