Quddus birgalikda yashaladigan o‘lka va barcha uchun bag‘rikenglik timsoli bo‘lib qolishi kerak. Bu haqda Marokash qiroli Muhammad VI AQSh prezidenti Donald Trampga yo‘llagan maktubida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”. Muhammad VI Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Quddus bo‘yicha qo‘mita raisidir.
Xatda qirol “arab-musulmon xalqlari va mamlakatlari Amerika ma’muriyatining Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish va u yerga AQSh echixonasini ko‘chirish niyati haqida qayta-qayta tarqalayotgan ma’lumotlar munosabati bilan boshidan kechiradigan bezovtalik va katta xavotir”ni shaxsan izhor etdi.
Marokash qiroli Quddus nafaqat nizo tomonlari, balki uchala dinga e’tiqod qiluvchilar uchun ham alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, ko‘p asrlik tarixiy xususiyatlari va ulkan siyosiy ma’nosi tufayli birgalikda yashaladigan o‘lka va barcha uchun bag‘rikenglik timsoli bo‘lib qolishi kerakligini qayd etdi.
“AQSh tinchlik jarayonining asosiy homiylaridan biri bo‘lgani va barcha tomonlarning ishonchini qozonganini hisobga olganda, bu qadam Falastin-Isroil nizosini tartibga solish istiqbollariga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin”, — deyiladi maktubda.
Izoh (0)