Pentagonning Suriya terrorchilardan ozod qilinishi asosan AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning xizmati ekanligi haqidagi bayonoti tanqidga ham arzimaydi. Bu haqda “Milliy mudofaa” jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Pentagonning bayonoti Rossiya Suriyada terrorchilar ustidan qozongan g‘alabani o‘zlashtirishga urinishdan iborat. Amerikaliklarning taktikasi shunday — jangovar harakatlarda tub burilish ayon bo‘lguncha kutib turish va shundan so‘ng unga faol qo‘shilish”, — dedi Korotchenko.
Ekspertga ko‘ra, Rossiya havo-kosmik kuchlari va harbiy-dengiz floti tufayligina Suriyada IShID tor-mor etilishiga erishildi. Hukumat kuchlari ularsiz terrorchilar xurujiga dosh berolmagan bo‘lardi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)