Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘lu muxolifatchi Fathulloh Gulen tarafdorlari AQSh kongressi, Amerika sud tizimi va diplomatik missiyaga kirib borganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“FETÖ (Gulenning tashkiloti) AQShda nima qilmoqchi ekanligini yaxshi bilamiz, FETÖ ularning boshqarmalari, sud instansiyalariga qanday qilib kirib borganligini amerikaliklarga ochiqcha aytamiz. Ular hamma joy — AQShning Turkiyadagi diplomatik missiyasiga ham, Amerika kongressiga ham kirib borgan. Qonuniy yoki noqonuniy. FETÖ’ga qarshi mamlakat ichida qanday kurashayotgan bo‘lsak, xuddi shunday bu sotqinlarni butun dunyo bo‘ylab tinch qo‘ymaymiz”, — dedi Chavusho‘g‘lu.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada isyonchilar guruhi harbiy to‘ntarish amalga oshirishga uringan edi. 240 dan ortiq turk fuqarosi halok bo‘ldi, ikki mingdan ortig‘i yaralandi, isyon bostirildi.
Izoh (0)