Isroil Suriya poytaxti chekkasidagi Al-Kisva tumani hududida joylashgan harbiy obyektga “yer-yer” turkumidagi bir necha raketa yo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Raketalardan biri obyektga borib yetgan va unga zarar yetkazgan. Suriya havo hujumidan himoya kuchlari esa javob o‘ti bilan ikki nishonni yo‘q qilgan.
Suriyaning Alikhbaria telestansiyasi Isroilning bu yangi hujumini “oshkora tajovuz” deb atadi.
Izoh (0)