Kriptovalyutaga investitsiya kiritib boyib ketgan ilk milliarderlar egizak aka-ukalar Kemeron va Teylor Uinklvosslar bo‘ldi. Bu haqda, Telegraph nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Uinklvosslar 2013-yili jahon bitkoin zaxiralarining 1 foizini 11 million dollarga sotib olgan edi. O‘sha payti bir bitkoin 120 dollarga baholanayotgan edi.
Uinklvosslar o‘z investitsiyalari uzoq muddatli ekanligini ta’kidlab, shu paytga qadar kriptovalyutani sotmay keldi.
Izoh (0)