Skaydayverlar jamoasi 9 ming metrdan ortiq balandlikda uchib ketayotgan samolyotdan avtomobilda sakradi. Tryuk aks etgan video YouTube’ga joylandi, deb yozadi “Motor”.
Rolikka berilgan izohda aytilishicha, sakrashga tayyorgarlik professional skaydayver va tryuklar postanovkachisi Stiv Kertis tomonidan olib borilgan. Sakrash oldidan mashinadan uzatish qutisi, dvigatelni olib tashlashdi, tomini kesib tashlashdi, shuningdek, aerodinamika yaxshiroq bo‘lishi uchun mashina tubini butunlay yopib qo‘yishdi.
Tryuk tashkilotchilari so‘zlariga qaraganda, sakrash “Zona 51” harbiy bazasi hududida amalga oshirilgan va jamoa ishtirokchilari olgan mayda jarohatlarga qaramay, umuman olganda muvaffaqiyatli kechgan.
Izoh (0)