Hindistonlik erkak mamlakatning turli mehmonxonalaridan 120 ta televizor o‘g‘irladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Huquq-tartibot idoralari 4 oy mobaynida mehmonxonalarda o‘g‘rilik bilan shug‘ullanib kelgan Vasudev Nanaixni qo‘lga oldi. U atayin televizor sig‘dirish mumkin bo‘lgan katta chamadonlar bilan sayohat qilgan.
Jinoyatchi o‘marilgan televizorlarni sotishga uringan chog‘da hibsga olindi.
Politsiya Nanaix bu kabi qilmishlaridan xabardorligi va tekshiruvlar yakuni bo‘yicha uning majburiy davolanishi haqida qaror qabul qilinishi mumkinligini bildirdi.
Izoh (0)