Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida eshaklar to‘dasi to‘rt kunga qamaldi. Bu haqda ANI agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, eshaklar qamoqxona binosi atrofidagi qimmatbaho o‘simliklarni yeb qo‘ygach, hibsga olingan. Eshaklar mahalliy siyosatchilardan birining aralashuvi tufayli to‘rt kundan keyin ozod etilgan.
Qamoqxona rahbarining so‘zlariga ko‘ra, eshaklarning egasi ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, u eshaklarni bu hududda o‘tlashiga qo‘yib bergan. Shunda ular eshaklarni hibsga olishga qaror qilgan. Aniqlik kiritilishicha, hayvonlar siyosatchi tomonidan garov puli to‘langach, qo‘yib yuborilgan.
Izoh (0)