Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati mahalliy kengash va savdo markazlarini bolalar salomatligiga salbiy ta’siri tufayli Coca-Cola yuk mashinalarining Rojdestvo safarlarini man etishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Public Health England ijrochi direktori Dunkan Selbi bezatilgan yuk mashinalari mamlakatning yirik shaharlariga borishidan iborat har yilgi kampaniyani tanqid qildi. Oxirgi tadqiqotlarga ko‘ra, bunday avtokarvon o‘tadigan aksariyat joylarda bolalarda semirish va kariyesning yuqori darajasi qayd etilgan.
“Rojdestvoda mamlakat bo‘ylab sayohat qiladigan yirik brendlar o‘zlarining bolalar uchun eng shirin mahsulotlarini reklama qiladi. Ular oilalar sog‘lom turmush tarzini tanlashiga ko‘mak bermayapti”, — dedi Selbi.
Izoh (0)