Tanzaniya energetika tizimida paydo bo‘lgan nosozlik tufayli butun mamlakatda elektr energiyasi o‘chib qoldi. Bu haqda Reuters agentligi milliy energetika kompaniyasining bayonotiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Texnik nosozlik milliy energiya tizimiga ulangan barcha hududlarda elektr energiyasining uzilishiga olib keldi”, — deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda kompaniya xodimlari nosozlikni bartaraf etish bilan band.
Izoh (0)