Gretsiya shimolida ro‘y bergan YTHda to‘rt muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiya bayonotiga ko‘ra, fojia Nea Peramos shahri yaqinida, Kavala – Saloniki yo‘lida ro‘y berdi. Mashinada to‘qqiz kishi — sakkiz noqonuniy muhojir va haydovchi bor edi.
Mashinani boshqarib ketayotgan erkak politsiya talabiga ko‘ra avtoulovni to‘xtatmay, qochishga urindi. U katta tezlikda chekka yo‘lga o‘taman deb jarlikka quladi.
To‘rt kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Qolgan to‘rt kishi jiddiy jarohat olmadi.
Ma’lumotga ko‘ra, haydovchi ham muhojir bo‘lib, u doimiy yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan. Mashina egasi esa Afinada yashovchi Pokiston fuqarosi bo‘lgan.
Izoh (0)