Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili etib Karen Pirs tayinlandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Pirs, shuningdek tashqi ishlar vazirligi siyosiy va hamdo‘stlik masalalari bo‘yicha bosh direktori hisoblanadi. U mamlakat tarixida mazkur lavozimga tayinlangan ilk ayol kishi bo‘ldi.
“Qo‘shma qirollik mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va rivojlanish uchun muhim chaqiriqlarni hal etish ustida boshqa mamlakatlar bilan ish olib borishda davom etadi”, — deydi diplomat.
Pirs 1981-yildan beri Britaniya tashqi ishlar vazirligida ishlab kelmoqda.
2015-yilning may oyidan 2016-yilga qadar u Britaniyaning Afg‘onistondagi elchisi bo‘lib ishlagan. Unga qadar BMT qoshidagi va boshqa tashkilotlarning Jenevadagi doimiy vakili lavozimida faoliyat yuritgan. U 2006—2009-yillarda Nyu-Yorkda Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari bo‘lgan.
Izoh (0)