Fransiyaning Kale shahrida muhojirlar avtomobilda jandarmlar tomon bostirib bordi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Buning oqibatida jandarm tizzasidan jarohatlandi. Respublika xavfsizlik otryadlari o‘t ochishga majbur bo‘ldi”, — deyiladi Kale prefekturasi bayonotida.
Avtomobilda jami 9 kishi — 6 nafar iroqlik va 3 nafar afg‘on muhojiri bo‘lgani bildirilmoqda. Ular noqonuniy ravishda chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)