Bortida AQSh harbiy-dengiz flotining 11 nafar harbiysi bo‘lgan samolyot Filippin dengiziga quladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
C-2A Greyhound transport samolyoti “Ronald Reygan” aviatashuvchi kemasiga yo‘l olayotganda halokatga uchradi.
Ekipajning sakkiz a’zosi qutqarib qolindi, uch nafar dengizchi halok bo‘ldi.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yuz bergan hodisa sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)