Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Goes Angliyaning “Tottenhem” jamoasiga o‘tishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Footmercato nashri jurnalisti Santi Auna xabar berdi.

Avvalroq Britaniya matbuoti “Tottenhem” Rodrigoga jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar tarqatgandi. Biroq manbaga ko‘ra, londonliklar faqatgina futbolchi haqida ma’lumot so‘ragan, ammo “Real” bilan hech qanday muzokara o‘tkazmagan. Shuningdek, Rodrigo “shporlar” safiga o‘tishni rejalashtirmagan. U faqat “Tottenhem”dan yuqori darajadagi klubdan taklif tushsa, “Real Madrid”ni tark etishga tayyor.
Hujumchiga Angliya Premeyer Ligasining bir qancha klublari, xususan, “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda. “Qaymoqranglilar” rahbariyati esa Rodrigoni ketishiga qarshi emas. Shu bois ular futbolchi uchun 90 million yevrodan pastroq takliflarni ham ko‘rib chiqishga tayyor.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Rodrigo o‘tgan mavsum davomida jami 54 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining narxini 90 million yevroga baholagan.
Izoh (0)