Ilon Maskning Boring Company startapi o‘z logotipi tushirilgan kepkalar sotishdan 300 ming dollar ishlab oldi. Ishbilarmonning so‘zlariga ko‘ra, ishlab olingan pullar “yanada zerikarliroq narsalarni” moliyalashtirishga sarflanadi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Ilon Mask 18-oktabrda Boring Company kepkalarining savdosini boshladi. Har bir kepka 20 dollardan sotuvga chiqarildi. Taxminan 15 mingta kepkani sotishdan 300 ming dollar kelib tushgan.
Savdo boshlanganining ertasi kuni Mask besh minginchi xaridorni tabriklab, unga kompaniya xodimlarining imzosi tushirilgan yana bitta kepkani sovg‘a qilgan. The Boring Company — yer ostida avtomagistral va boshqa transportlar uchun yo‘l qurishga mo‘ljallangan tunnellar qazuvchi startap. Kompaniya 2017-yilning yanvar oyida eni 15 metr bo‘lgan birinchi tunnelni qazishni boshlagan.
Izoh (0)