Tbilisidagi ko‘p qavatli uylardan birida 20 soat davom etgan maxsus operatsiyadan so‘ng terrorchilikda gumon qilingan shaxslar ushlandi. 21-noyabr kechasi boshlangan operatsiya yakunlangani haqida Davlat xafsizlik xizmati bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.
Aytilishicha, gumondorlar kvartiralardan birida qamalib olgan edi. Operatsiya davomida ulardan biri o‘ldirildi, uch nafari qo‘lga olindi.
Shuningdek, operatsiya chog‘ida yaralangan IIV maxsus mo‘ljal otryadi jangchisi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Yana bir maxsus otryad xodimi yaralandi.
Izoh (0)