Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi ikkinchi qo‘mitasi ishi doirasida iqtisodiy, ekologik va moliyaviy masalalarga tegishli rezolyutsiyalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi K-News.
“ ‘Bir tomonlama iqtisodiy choralar rivojlanayotgan davlatlarni siyosiy va iqtisodiy majburlash vositasi sifatida’ nomli rezolyutsiyani ko‘rib chiqish davomida Qirg‘izistonning doimiy vakili Mirgul Moldoisayeva Qozog‘iston 10-oktabrdan beri odamlar, transport va tovarlar harakatlanishiga sun’iy to‘siqlar qo‘yib kelayotganini ma’lum qildi. BMTga a’zo davlatlar qirg‘iz-qozoq chegarasida yuzaga kelgan vaziyat, Qirg‘izistonga iqtisodiy zarar keltirish, mamlakatning investitsiyaviy va turizm sohasidagi jozibadorligiga putur yetkazish uchun iqtisodiy va transport qamali qo‘llanayotgani haqida xabardor qilindi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Mazkur hujjat qabul qilinishi uchun 116 davlat, jumladan, Qirg‘iziston ovoz berdi, 49 mamlakat betaraf bo‘ldi, AQSh va Isroil qarshi chiqdi.
Izoh (0)