O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Seulda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o‘zbek-koreys qo‘shma korxonasini tuzish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bo‘yicha matbuot markazi ma’lum qildi.
Shartnomani O‘zbekiston tarafidan “Fonon” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasining bosh direktori va Koreya tarafidan Hwachon Plant-Gemco kompaniyasi direktori imzoladi.
Yangi qo‘shma korxonaning boshlang‘ich jamg‘armasi — 30 million dollar. Ikki tarafning ulushi — 15 million dollardan.
Izoh (0)