20-noyabr kuni Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya yetakchisi Bashar Asad bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Kreml saytida aytilishicha, Putin Asadni Rossiya mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbariyati bilan tanishtirgan.
“Sizni Suriyani qutqarishda eng muhim rolni o‘ynagan odamlar bilan tanishtirmoqchiman. Albatta, janob Asad ba’zilarni shaxsan biladi”, — dedi Putin.
Izoh (0)