Hukmron “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti” partiyasi mamlakat prezidenti Robert Mugabega nisbatan impichment o‘tkazish bo‘yicha rezolyutsiya tayyorladi. Hujjat partiyaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida chop etildi, deb xabar beradi “RBK”.
Oldinroq partiya vakillari Mugabega 20-noyabrga qadar o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’foga chiqish imkoniyatini bergan edi.
Bundan tashqari, u partiya raisligidan chetlatilgan edi.
Shunga qaramay, oxirgi chiqishida Mugabe iste’fo bermasligini bildirdi. Ultimatumga ko‘ra, bu holatda partiya unga qarshi impichment e’lon qiladi.
Izoh (0)