Britaniyaning bir nechta OAVlari yanglishib, Kaliforniya sohillari yaqinida suzib yurgan Amerikaning 30-yillardagi tankerini “Rossiyaning arvoh kemasi” qoldig‘i deb o‘yladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Dastlab “topilma” haqida Mirror gazetasi xabar berdi, so‘ng maqolalar The Sun va Daily Mail’da paydo bo‘ldi. Xabarlarda “arvoh”da go‘yoki “minglab kasallangan odamxo‘r kalamushlar” borligi ham aytilgan.
Britaniya OAVlari Science Channel kanalining hujjatli filmiga tayangan, unda esa bo‘laklar Amerikaning tankeriga tegishli bo‘lib, o‘tgan asrning 30-yillaridan buyon Kaliforniya sohillari yaqinida suzib yurishi aytiladi.
Izoh (0)