Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining Tu-154M harbiy-transport samolyoti Suriyaning Latakiya shahri yaqinidagi Xmeymim aviabazasiga ketishda Turkiya havo hududi orqali uchib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.ru” aviatsiya saytlari monitoring ma’lumotlariga tayanib.
Xabarlarga ko‘ra, Podmoskovyedagi Chkalovskiy aeroportidan uchib chiqqan samolyot Suriyaga qo‘nishidan oldin Sochi, Qora dengiz va Turkiyaning sharqiy qismi ustidan uchib o‘tgan.
Turkiyalik kuzatuvchilar so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Turkiya Rossiya HKKga o‘z havo hududidan foydalanish uchun ruxsat bermaganiga qaramay, bu Rossiya harbiy-transport samolyotining 2017-yilda Turkiya osmonidan birinchi marta uchib o‘tishi emas.
Izoh (0)