AQSh prezidenti Donald Tramp 2016-yilgi saylovlarda raqibi bo‘lgan Hillari Klintonni omadsiz deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tramp unga yana uch yildan so‘ng o‘zini sinab ko‘rishni maslahat berdi.
“Muttahamnamo Hillari Klinton barcha zamonlarning eng katta va eng yomon omadsizi. U o‘zini to‘xtatishni bilmaydi va bu Respublikachilar partiyasi uchun yaxshi. Hillari, o‘z hayoting bilan yasha va uch yildan so‘ng yana o‘zingni sinab ko‘r!” — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)