• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sifatsiz ko‘mir mahsuloti uchun kim javob beradi?

    “Pravda Vostoka” nashri muxbiri ko‘mir mahsuloti ko‘pincha sifatsiz bo‘lib chiqayotgani, buning uchun kim javob berishi masalalarini ko‘tarib chiqdi.

    Foto: “Zamin.uz”

    Foto: “Zamin.uz”

    Namangan viloyatida aholining katta qismi, kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlari, uylar, binolarni isitishda Angren ko‘miridan foydalanishadi. Endi esa ko‘mir briketlari ham paydo bo‘ldi.

    “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Namangan ko‘mir yetkazuvchi” unitar korxonasi kuz-qish mavsumida viloyat iste’molchilariga 134 ming tonnaga yaqin ko‘mir, 58,5 ming tonna ko‘mir briketlari yetkazib bergan. Shundan tegishli ravishda 73 foiz ko‘mir, 47 foiz ko‘mir briketlari aholi uchun, qolgan qismi esa sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga mo‘ljallangan. Ular orasida 23600 tonna ko‘mir va 19 ming tonna ko‘mir briketi maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari ulushi hisoblanadi.

    Viloyatning 11 tumanida hamda Namangan shahrida 8 ta filialiga ega bo‘lgan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Namangan ko‘mir yetkazuvchi” unitar korxonasi viloyatga yukni qabul qiluvchi va tarqatuvchi hisoblanadi.

    Unitar korxonaga beshta MAN markali og‘ir yuk tashuvchi avtosamosvallar ajratilgan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi “Respublika aholisi va byudjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Pop, Chust, Chortoq, Uychi, Norin, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on tumanlarida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, sutkasiga 30 tonna, Namangan shahrida 150 tonna ko‘mir briketi ishlab chiqaradigan sakkizta hududiy sexlar qurib, foydalanishga topshirilgani iste’molchilar ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish imkoniyatini beradi. Yangi sexlar avvallari unitar korxonani qo‘llab-quvvatlab turgan va hozir ham ishlayotgan 13 ta shaxsiy kichik korxonalarga raqobatchilar hisoblanadi.

    Briket sexlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash mas’uliyati “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati zimmasida bo‘lib, ular namanganlik ishlab chiqaruvchilarni ikkita muhim – “BOMSSh” hamda “BOMSShB-2” ko‘mir komponentlari bilan ta’minlab turishlari lozim edi. Biroq, briket sotib olish ba’zan lotereya biletlari o‘yiniga o‘xshaydi: chekingga nima tushdi, sifatlimi yoki sifatsiz mahsulotmi, bilib bo‘lmaydi. Sotib olgan mahsuloting sifatini uyda yoki ishxonada yoqib ko‘rgach, bilasan.

    Fikrlar turli xil: kimdir yonishi qiyin desa, yana boshqa birov esa issiqlik berayapti-ku, deyishadi. O‘zimiz ishonch hosil qilishimiz uchun 400 tonna briket sotib olgan Kosonsoy tibbiyot birlashmasida bo‘ldik. Tajriba o‘tkazdik. Yonib turgan o‘tinlar ustiga bir necha dona xalq tili bilan aytiladigan briketlarning bir shakli –“pryanik”ni qo‘ydik. O‘tyoqarlar kasalxonaning xo‘jalik qismi rahbarlari bilan har qancha urinishmasin, briketlar tutashdan nariga o‘tmadi – yonmadi.

    Namangan shahridagi 52-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tajribada esa ular sotib olgan silindr shaklidagi ko‘mir briketi “uyaltirib” qo‘ymadi, maktab rahbarlarining ishonchini oqladi.

    Ikkala holatda ham iste’molchilar “tajriba” o‘tkazmay turib, o‘zlari sotib olgan briket sifatini aniqlay olmadilar. Bilib-bilmay qilingan bunday xariddan briket emas, oila yoki davlat byudjetining mablag‘lari kuyib ketishi turgan gap.

    Ko‘mir va ko‘mir briketi sifatining kafolati kerak, albatta. To‘g‘ri, ishlab chiqaruvchilar sertifikat yoki ruxsat berilgan hujjatlarga ega bo‘lishadi. Biroq, unitar korxonada ham, viloyatda ham mahsulot sifati bo‘yicha texnolog-mutaxassis yo‘q.

    Ma’lum bo‘lishicha, “BOMSSh” va “BOMSShB-2” ko‘mir kukunlari komponentlarini birlashtiruvchi yelim sifatida oddiy loy qo‘shishar ekan. Soddagina savol tug‘iladi: qurigan tuproq ham yonadimi? Shunisi ajablanarliki, briket namunalari “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining laboratoriyasida ekspertizadan o‘tkazilar ekan. Ko‘mir mahsulotlari texnologi lavozimi unitar korxonamizda yo‘q, deya yelka qisishadi ular. Shu bois – nafaqat briket sifati, hatto, omborchilar ham iste’molchilarning mahsulot sifati to‘g‘risidagi savoliga javob berisholmaydi. Namangan tumani olgan navbatdagi mahsulot sifatini korxona vakili bilan birgalikda kuzatganimizda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ko‘mirning aksariyat qismi kukunsifat bo‘lib, bir qismi kichik bo‘laklardan iborat edi. Yana haqli savol tug‘iladi – bunday holatda ko‘mir sifatini qanday aniqlash mumkin? Mahsulotning bu turlari standartlar nisbatiga ko‘ra hech bo‘lmasa foiz miqdorida belgilanishi kerak-ku, axir. Sifat ko‘rsatkichlari bilan ham qiziqdik. Afsuski, birorta ham javob ololmadik.

    Mahsulot yuklangan vagon ishlab chiqaruvchi guvohnomasi bilan keladi. Mana, ulardan biri, 472–raqamli guvohnoma.

    “Ko‘mir sifati to‘g‘risida”gi yozuv. “2 b markali qoramtir kukun”. Hujjatda foizlar nisbati quyidagicha keltirilgan: kul suviga bug‘langanligi A oxirgi daraja – 25,0; namlik w oxirgi daraja – 40.0. Haqiqiy ko‘rsatkichlarga nisbatan esa 22.5; 30.7 ni tashkil qiladi.

    Afsuski, “Yoqilg‘ining sifat ko‘rsatkichlari” jadval guvohnomasida kul va namlik bo‘yicha belgilar ko‘rsatilmagan. Bizningcha, agar ushbu ko‘rsatkichlar ham guvohnomaga kiritilsa, unitar korxona xodimlarining iste’molchiga tushuntirib berishlari oson bo‘lardi.

    “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining briketlar ishlab chiqaruvchi xususiy sexlari ishga tushishi bilan uning unitar korxonasi sifatli mahsulot ishlab chiqarishni kafolatlaydi, deb ishonamiz.

    Mahsulot sotishni yaxshilash ham zarur. Namangan tuman omborxonasi hududida avtomashinalar, odamlar gavjum. Navbatga rioya qilinmaydi. Uch vagon mahsulotning ustida talash ketadi. Bunday g‘ala-g‘ovurda mahsulotni jismonan baquvvat, baqiroq odamlargina birinchi navbatda olishlari mumkin. Mahsulot sifati to‘g‘risidagi sertifikatni so‘rashga imkon ham bo‘lmaydi. “Mahalla” fondining tuman bo‘limi hamda unitar korxona o‘rtasida savdoni tashkil qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuv mavjud. Biroq, bo‘lim vakili Baxtiyor Rahmonovning aytishicha, vagonlarning kelishi, sotish grafigi yo‘qligi sababli mahallalarga mahsulot berilmayapti. Natijada shahar va tuman aholisi o‘z xohishlari bilan xuddi ishga ketgandek, ertalabdan o‘zlari birkitilgan omborxonaga kelishib, ko‘mir yuklangan vagonlarni kutishadi.

    Oybek Ortiqov.“Pravda Vostoka” muxbiri.Namangan viloyati.

    “Pravda Vostoka” tahririyatidan.31-oktabrda biz “O‘zbekko‘mir” AJga viloyatga sifatsiz ko‘mir va ko‘mir briketlari yuborishning, mahsulot sifati bo‘yicha normativ talablar bajarilmayotganligining sabablarini tushuntirib berish uchun murojaat qildik. Biroq, o‘n kundan oshiq muddat o‘tgan bo‘lsa-da, “O‘zbekko‘mir” AJdan javob bo‘lmadi. Bizning bu chiqishimiz qo‘yilgan savollarga javob olishda yordam beradi, degan umiddamiz.

    19.11.2017, 09:03   Izoh (0)   14552
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chirchiqda kollejdoshini urgan o‘quvchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U bir yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

    18.11.2017, 23:29

    Bo‘kada aka o‘z singlisiga pichoq urdi

    18.11.2017, 22:46

    O‘zbekistonda shamol-energetika qurilmasi paydo bo‘ladi

    18.11.2017, 22:18

    Toshkentlik ikki ayol ma’muriy qamoq bilan jazolandi. Ular beruxsat yig‘ilish uyushtirishda aybdor deb topildi

    18.11.2017, 22:06

    Samarqand va Namangan viloyatlarining bosh militsionerlari o‘zgardi

    18.11.2017, 21:49

    Qashqadaryo aholisining qishki ehtiyoji uchun zarur ko‘mirning 75 foizi yetkazib berildi

    18.11.2017, 21:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu qandaydir bema’nilik”. Tatariston prezidenti rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni tanqid qildi

    Dunyo | 24 avgust, 16:06

    O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar endi jarimaga tortiladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 15:47

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05

    Niderlandiyada Falastinni tan olish va Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifi rad etildi

    Dunyo | 24 avgust, 13:42

    O‘zbekistonda xonandalar daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 13:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.