Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan, “uchuvchi radar” nomini olgan A-100 samolyotining birinchi parvozi aks etgan video “Zvezda” telekanali tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Parvoz chog‘ida samolyotning aerodinamik tavsifi, avionikasi va maqsadli apparaturasi ish salohiyati tekshiruvdan o‘tkazildi.
A-100 ko‘p funksiyali radiatsion qorovul va nishonga olish aviatsion kompleksi Il-76MD-90A negizida yaratilgan bo‘lib, unda eng zamonaviy maxsus radiotexnik uskunalar o‘rnatilgan.
Aviatsion kompleks havo nishonlarini aniqlashi va kuzatib borishi, shuningdek, qiruvchi yoki hujumkor aviatsiyani boshqarishda havo, yer usti va dengiz nishonlarini belgilash uchun qatnashishi mumkin.
A-100 samolyotini yaratish ishlari “Vega” konserni (“Rostex” davlat korporatsiyasining “Rossiyskaya elektronika” AJ xoldingi tarkibiga kiradi) va G.M. Beriyev nomidagi “TANTK” AJ boshchiligidagi korxonalar kooperatsiyasi tomonidan olib borilmoqda. Kompleks davlat mudofaa buyurtmasi asosida tayyorlanmoqda, u A-50 va A-50U aviatsion komplekslari o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Izoh (0)