Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Ispaniya hukumatidan mamlakatdan qochib ketgan muxolifatchi Antonio Ledesmani qaytarmaslikni so‘radi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Vampir bizdan Madridga qochib ketdi, yaxshisi uni bizga qaytarishmasin.Uy qamog‘ida saqlangan Ledesma 17-noyabr, juma kuni ertalab qo‘shni Kolumbiyaga, u yerdan Avianca kompaniyasining reysi orqali Ispaniyaga qochib ketgan.Nikolas Maduro, Venesuela prezidenti
2015-yilda Ledesma Karakas meriyasida hibsga olingan. Rasmiylar uni prezidentga qarshi davlat to‘ntarishini uyushtirishga aloqadorlikda ayblagan edi.
Izoh (0)