AQSh Davlat departamenti Yevropada bayram kunlarida terrorchilik tahdidi yuqori ekanligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Davlat departamenti AQSh fuqarolarini butun Yevropa bo‘ylab teraktlar xavfi yuqori ekanligi haqida ogohlantiradi. Bu, xususan, bayram mavsumiga tegishli”, — deyiladi muassasa xabarida.
Mazkur ogohlantiruv 2018-yil 31-yanvargacha amalda bo‘lishi bildirilmoqda.
Izoh (0)