Transcanada kompaniyasining Keystone quvuridagi avariya oqibatida 795 ming tonnaga yaqin neft oqib ketdi. Bu haqda kompaniya vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Avariya AQShning Oklaxoma shtatidagi Marshall okrugida ro‘y berdi. Bundan mahalliy aholi, xususan, tub qabilalardan biri jabrlanishi mumkinligi bildirilmoqda.
Quvurning bir qismi avariya asoratlarini bartaraf etish uchun yopib qo‘yildi.
Izoh (0)