15-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga Rashid Nasrullayevich Rahmatov tayinlandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
R.Rahmatov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha ushbu lavozimda Erkaboy Tojiyev ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)