Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Adliya katta maslahatchisi Erkaboy Tojiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi bu haqdagi qarorni 27-oktabr kuni qabul qilgan, O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Tojiyev Qoraqalpog‘iston prokuraturasi hay’ati raisi etib tasdiqlangan.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, mazkur tayinlanuvga qadar Erkaboy Tojiyev Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi