15-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev qaynonasini o‘ldirgan farg‘onalik kelin haqida: “Nega bu haqda birorta maqola o‘qimadim?”. Prezident 15-noyabr kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
2. Robert Mugabening rafiqasi harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakatdan qochdi. Zimbabve harbiylari esa davlat to‘ntarishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Har holda, tinchlik emas.
3. O‘zbekiston Markaziy banki ilk bor mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hajmini rasman e’lon qildi. Xabar berishlaricha, zaxiralar sentabrdan beri 750 million dollarga ko‘paygan.
4. O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutaning erkin sotilishi qachon yo‘lga qo‘yiladi? “Oktabrdan”, — degan gaplar bo‘lgandi ikki oy avval. Hozircha noaniqlik.
5. O‘zbekiston banklari sentabr boshidan beri aholidan 644 mln dollar sotib oldi; eksportchi tadbirkorlardan esa 915 million. Bungacha bu tadbirkorlar har oy “atigi” 172 million dollar sotardi. Yana majburlikdan.
Izoh (0)