Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi tadbirkor, 1968-yilda tug‘ilgan Jonibek Yo‘ldoshevning oziq-ovqat do‘koniga o‘g‘rilikka tushgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.
Jabrlanuvchining so‘zlariga qaraganda, jinoyatchi do‘konning tomini teshish yo‘li bilan kirib, umumiy narxi 18 million so‘m bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqib ketgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni 1988-yilda tug‘ilgan Boboyor Do‘stov sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Izoh (0)